Barcha yangiliklar
Aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash — deputat e’tiborida
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
31 Okt 2026
11:48

Aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash — deputat e’tiborida

Aholini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 23-Fayzobod saylov okrugidan saylangan deputati U. Aliqulov tomonidan Fayzobod mahallasida aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi elektr ta’minoti holatiga e’tibor qaratilib, aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

Deputatlik faoliyati doirasida aholi uchun muhim bo‘lgan masalalarni joyida o‘rganish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish davom ettiriladi