Barcha yangiliklar
Yangi yo‘l MFYdagi oziq-ovqat do‘konida mahsulotlar sifati va yaroqlilik muddati o‘rganildi
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
30 Okt 2026
11:45

Yangi yo‘l MFYdagi oziq-ovqat do‘konida mahsulotlar sifati va yaroqlilik muddati o‘rganildi

Yangi yo‘l MFYdagi oziq-ovqat do‘konida mahsulotlar sifati va yaroqlilik muddati o‘rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga asosan, 7-Yangi yo'l saylov okrugidan saylangan deputat S.Rajabova "Yangi yo‘l" MFY hududidagi savdo do‘konlarida bo‘lib, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va aholiga sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishini ta'minlash maqsadida jamoatchilik nazoratini olib bordi.

O‘rganish jarayonida do‘kon peshtaxtalaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, yaroqlilik muddati, ularni saqlash sharoitlari hamda narx-navoning asossiz oshishining oldini olish holatlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Tadbir davomida aniqlangan ba'zi kamchiliklar yuzasidan mas'ul sotuvchi va tadbirkorlarga tegishli tavsiyalar berilib, aholi salomatligini muhofaza qilish borasida qat'iy talablar tushuntirildi.