Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zosi G.Nurboboyevalar Uzun tumani Qishloq xo‘jalik texnikumida bo‘lib, ta'lim maskani kutubxonasi faoliyatini o‘rganishdi.
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
30 Okt 2026
11:43

O‘rganish jarayonida kutubxonadagi mavjud badiiy, o‘quv-uslubiy adabiyotlar fondi, yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, darsliklar va qo‘shimcha adabiyotlarning yetarliligi, ulardan samarali foydalanish hamda kutubxona ish faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.