
Uzun tuman Kengashi vakillari tomonidan Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida qonun ijrosi o‘rganildi
Uzun tuman Kengashi vakillari tomonidan Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva hamda tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zosi G.Nurboboyevalar Uzun tumani Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida bo‘lishdi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunlari, farmon va qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Xususan, muassasada belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda elektron hujjat almashinuvi ijrosi o‘rganildi. Xodimlar tomonidan qonunchilik talablariga rioya etilishi, ijro intizomini qat'iy ta'minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi ustuvor vazifalarga alohida e'tibor qaratildi.