Barcha yangiliklar

ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
02 Noy 2026
11:42
O‘rta Chirchiq tumanida aholining mavjud muammolarini bartaraf etish, takliflarini o‘rganish yuzasidan bugun 30-oktabr kuni tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Ixtiyor Kasimovning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Unda hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

Qabul davomida aholining 29 ta kommunal sohadagi muammolari, uy-joy olish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, bola puli, subsidiya olish, pensiya, bandlik, ta’lim kabi murojaatlari tinglandi. 2 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi va 10 ta murojaatlar tuman rahbarining nazoratiga olindi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!