Barcha yangiliklar
Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari nazoratda: Deputatlar mahallalarda o‘rganish o‘tkazdi
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
30 Okt 2026
11:33

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari nazoratda: Deputatlar mahallalarda o‘rganish o‘tkazdi

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari nazoratda: Deputatlar mahallalarda o‘rganish o‘tkazdi

Xalq deputatlari tuman Kengashining haftalik ish rejasiga asosan, tuman Kengashi raisi D. Safarova deputat sifatida, shuningdek, tuman Kengashi deputatlari S.Rajabova, D.Yodgorova hamda M.Mamurjonovalar mahallalarda bo‘lib, hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda tozalik ishlarini ko‘zdan kechirishdi.

O‘rganish davomida mahalla ko‘chalari, aholi yashash punktlari va ijtimoiy ob'ektlar atrofidagi tozalik holati, chiqindilarni o‘z vaqtida chiqarib ketish jarayonlari hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari tanqidiy tahlil qilindi. Shuningdek, mahalliy aholi va nuroniylar bilan muloqot qilinib, ularning takliflari tinglandi.

Deputatlar tomonidan obodonlashtirish ishlarini yanada jonlantirish, mahallalarni yanada ko‘rkamlash va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha mas'ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.