



🔰Deputat mahallada.
📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov 5-“Qaliya” saylov okrugiga qarashli “Qaliya” MFY mahalla “yettiligi” aʼzolari ishtirokida ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Unda hududda olib borilgan hamkorlikdagi ishlar sarhisob qilinib, galdagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.
🔸Muloqot davomida asosiy eʼtibor aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash va ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-kuvvatlashga qaratildi. Shunga ko‘ra, mahallada kambag‘allikni qisqartirish, «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va ijtimoiy reyestrlardagi fuqarolar bandligini taʼminlash hamda ularga manzilli ko‘mak berish masalalari ko‘rib chiqildi.
🔸Shuningdek, hududda osoyishtalikni taʼminlash va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish masalasi alohida muhokama qilinib, bu borada “yettilik” aʼzolarining o‘zaro hamkorligini jonlantirish zarurligi taʼkidlandi.