Barcha yangiliklar
Muammolarga yechim — hamkorlikda
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
30 Okt 2026
11:32

Muammolarga yechim — hamkorlikda

Xalq deputatlari tuman Kengashining haftalik ish rejasiga asosan, tuman Kengashi raisi D. Safarova o‘ziga biriktirilgan mas'ul tashkilot rahbarlari bilan birgalikda mazkur muassasada belgilangan vazifalar va islohotlar ijrosini o‘rganishdi.

O‘rganish jarayonida biriktirilgan tashkilot faoliyati tubdan ko‘zdan kechirilib, sohada erishilayotgan yutuqlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari muhokama qilindi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va ijro intizomiga alohida e'tibor qaratildi.

Tashkilot rahbari bilan hamkorlikda olib borilgan bu kabi o‘rganishlar hududdagi muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni sifatli bajarishda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.