
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT RAHBARI HAMKORLIGI:
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT RAHBARI HAMKORLIGI:
Fuqarolar murojaatlari va qonun ijrosi nazoratda
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati S.Rajabova hamda deputatga biriktirilgan tashkilot — tuman adliya bo‘limi rahbari hamkorligida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni joyida o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlashga qaratilgan amaliy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida 2017-yil 11-sentyabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–445-son)ning mazmun-mohiyati, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishning belgilangan tartibi va muddatlari hamda ularni qonuniy hal etishning ahamiyati yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv va o‘rganishlar davomida fuqarolardan kelib tushgan har bir murojaatning dolzarbligi va mazmuni atroflicha tahlil qilindi. Mavjud muammolarni amaldagi qonunchilik talablari asosida hal etish, murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimini ta’minlash hamda biriktirilgan tashkilotlar bilan uzviy hamkorlikda ish olib borish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.