Barcha yangiliklar
Tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
30 Okt 2026
11:30

Tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi

Tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi


Xalq deputatlari tuman kengashining haftalik ish rejasiga asosan tuman Kengashi raisi D.Safarova hamda doimiy komissiya raislari A.Kamolov, S.Rajabova, D.Yodgorova, M.Mamurjonova va O‘.Rajabovlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Deputatlar tomonidan masalalarning mazmun-mohiyati, ularning ijrosini ta'minlash va aholi manfaatlariga xizmat qilish darajasi tahlil qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Sessiyaga tayyorgarlik ko‘rish va belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan mas'ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.