




Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
Insultni oldini oliş mumkin: deputat aholiga bevosita maslahat berdi
29-oktabr-Butunjahon insultga qarşi kuraş kuni munosabati bilan “Maslahat oling — insult keltirib çiqaruvçi omillarni bilib oling!” şiori ostida “Alişer Navoiy” va “Şukur Burxonov” mahallalari aholisi uchun tibbiy maslahat aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiyada, xalq deputatlari Mirzo Uluğbek tumani Kengaşi deputati, Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi a’zosi Yoqutxon Madjidova yetakçi nevrologlar bilan birga iştirok etdi.
Aholiga insultning dastlabki belgilarini tez aniqlaş uçun “FAST” testi ham tuşuntirildi.
“Insultning köp holatlarini oldini oliş mumkin. Qon bosimini muntazam ölçab turiş va şifokorga öz vaqtida murojaat qiliş hayotni saqlab qoladi. Belgilar paydo bölganda har bir daqiqa muhim. Deputat va şifokor sifatida aholimiz örtasida bu bilimlarni keng tarğib qiliş — burçimiz”, — dedi Y.Madjidova.