Barcha yangiliklar



ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
02 Noy 2026
11:28
Yoshlar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi: Muammolar va yechimlar diqqat markazida
Yoshlar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi: Muammolar va yechimlar diqqat markazida
Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu borada joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati doimiy nazoratda.
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan tuman Yoshlar ishlari agentligi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish markazida – mahalladagi yetakchilar faoliyati
Tahliliy o‘rganish davomida asosiy e’tibor mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining ish samaradorligiga qaratildi.
Xususan, quyidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi:
Tadbirlar samaradorligi: Mahallalarda yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlarining shunchaki hisobot uchun emas, balki yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilayotganligi tahlil etildi.
Yoshlar bandligi: Ishsiz yoshlarni aniqlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik subyektlariga biriktirish orqali bandligini ta’minlash borasidagi tizimli ishlar ko‘rib chiqildi.
"Yoshlar daftari" imkoniyatlari: Daftarga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va moddiy yordamlarning maqsadli yo‘naltirilishi tahlil qilindi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!