Barcha yangiliklar
Xalq deputati tuman Kengash deputati A.Bakiyev "Bahoriston" mahallasidagi kambag‘allik reestridagi oilaning farzandiga o‘quv qurollarini topshirdi
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
30 Okt 2026
11:28

Xalq deputati tuman Kengash deputati A.Bakiyev "Bahoriston" mahallasidagi kambag‘allik reestridagi oilaning farzandiga o‘quv qurollarini topshirdi

Xalq deputati tuman Kengash deputati A.Bakiyev "Bahoriston" mahallasidagi kambag‘allik reestridagi oilaning farzandiga o‘quv qurollarini topshirdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 2-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat A.Bakiyev tomonidan "Bahoriston" mahallasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, mahalla bo‘yicha kambag‘allik reestridagi oilalar ro‘yxatida turuvchi fuqaro G‘aniyeva Fotimaning farzandiga yangi o‘quv yili oldidan zarur o‘quv qurollari – maktab sumkasi, har xil turdagi daftarlar, ruchkalar, floomasterlar va albomlar topshirildi.

Deputat bu kabi xayrli tashabbuslar hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga quvonch ulashish va ularning bilim olishiga ko‘maklashish maqsadida davom ettirilishini ta’kidladi.