Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya a’zolari ishtirokida Yoshlar maslahat guruhi tarkibi va faoliyati ko‘rib chiqilmoqda
Gallery image 280702
Gallery image 280703
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
02 Noy 2026
11:28

Doimiy komissiya a’zolari ishtirokida Yoshlar maslahat guruhi tarkibi va faoliyati ko‘rib chiqilmoqda

Doimiy komissiya a’zolari ishtirokida Yoshlar maslahat guruhi tarkibi va faoliyati ko‘rib chiqilmoqda

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi doimiy komissiyasi a’zolari N.Xaitqulov, N.Nasrullayev va B.Baxovadinovlar ishtirokida Yoshlar maslahat guruhi tarkibi hamda uning faoliyati yuzasidan o‘rganish va muhokama ishlari olib borilmoqda.

Muhokama davomida Yoshlar maslahat guruhining tarkibi, oldiga qo‘yilgan vazifalar hamda yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqilmoqda.

Yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar manfaatlarini ifoda etish va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!