Barcha yangiliklar
Mahalliy Kengash deputati tomonidan hokim yordamchilarining aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
30 Okt 2026
11:27

Mahalliy Kengash deputati tomonidan hokim yordamchilarining aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputati tomonidan hokim yordamchilarining aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 2-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat A.Bakiyev tomonidan Erkinlik mfyda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyaning 4-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

Jumladan, tumandagi hududlarda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi yo‘nalishidagi faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ilg‘or tashabbuslar va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, shuningdek, har bir oila bilan manzilli ishlash holati tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.