Barcha yangiliklar
9-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Gallery image 280701
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
02 Noy 2026
11:27

9-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

9-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 14-Kuchlik saylov okrugi deputati N.Nasrullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan Kuchlik MFY hududida joylashgan 9-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining isitish tizimi, qozonxonaning texnik holati, isitish uskunalarining sozligi hamda binoning barcha xonalarini bir maromda issiqlik bilan ta’minlash imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalarining issiqlik holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi va qish mavsumida uzluksiz faoliyat yuritish uchun amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!