Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining doimiy komissiyasi "O‘zbekiston" ko‘chasini yoritish ishlarini ko‘zdan kechirdi
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
30 Okt 2026
11:26

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining doimiy komissiyasi "O‘zbekiston" ko‘chasini yoritish ishlarini ko‘zdan kechirdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining doimiy komissiyasi "O‘zbekiston" ko‘chasini yoritish ishlarini ko‘zdan kechirdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Kamolov boshchiligida tumandagi "O‘zbekiston" ko‘chasini yoritish chiroqlari bilan jihozlash bo‘yicha dasturga kiritilgan ishlar ijrosi o‘rganildi.

Jarayon davomida ,,Kafolat ta'mir qurilish” XK tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar yaqindan ko‘zdan kechirilib, o‘rnatilayotgan yoritish moslamalarining sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Hududlarda aholi uchun qulay, xavfsiz va obod muhit yaratishga qaratilgan bu kabi ezgu ishlar doimiy komissiya tomonidan qat'iy nazoratga olingan bo‘lib, ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.