Barcha yangiliklar
17-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Gallery image 280699
Gallery image 280700
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
02 Noy 2026
11:26

17-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

17-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 14-Kuchlik saylov okrugi deputati N.Nasrullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan Kuchlik MFY hududida joylashgan 17-umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktab binosining isitish tizimi, qozonxonalarning texnik holati, isitish uskunalarining sozligi hamda ta’lim muassasasini kuz-qish mavsumida barqaror issiqlik bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Sinfxonalar va boshqa o‘quv xonalarida harorat me’yorini ta’minlash, isitish tizimining uzluksiz ishlashi, qozonxonalarda xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!