
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida deputatlar M.Mamurjonova, D.Yodgorova, A.Kamolov, O‘.Rajabov hamda S.Rajabovalar 3-Yangi ro'zg'or saylov okrugiga qarashli Yangi ro'zg'or mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib, keng qamrovli targ'ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar.
Tashrif davomida deputatlar quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratdilar:
Aholi bilan bevosita muloqot: Fuqarolarning muammolari, takliflari va murojaatlarini tinglashib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas'ullarga tavsiyalar berildi.
Targ'ibot va tushuntirishlar: Mahallada qonunchilikdagi yangiliklar, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash choralari hamda joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Obodlik va tozalik: Hududni yanada obod qilish, ko'chalar va xonadonlar tozaligini ta'minlash bo'yicha jamoatchilik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tadbirlar aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.