

Kuchlik mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Kuchlik mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 14-Kuchlik saylov okrugi deputati N.Nasrullayev tomonidan Kuchlik mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglandi.
Aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy masalalar, kommunal xizmatlar, bandlik, moddiy yordam hamda boshqa dolzarb muammolarga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan har bir murojaatni atroflicha o‘rganish, mavjud muammolarni joyida hal etish va vakolati doirasida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!