Barcha yangiliklar
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
29 Okt 2026
11:24

AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida deputatlar M.Mamurjonova, A.Bakiyev. D.Yodgorova, A.Kamolov, O‘.Rajabov hamda S.Rajabovalar 5-Qarashiq saylov okrugiga qarashli Qarashiq mahalla fuqarolar yig'inida maxsus targ'ibot tadbirlarini o'tkazdilar.

Targ'ibot jarayonining asosiy e'tibor qaratilgan markaziy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
Ko'chalar va xonadonlar tozaligi: Har bir xonadon egasi o'z hovlisi, yashash uyi atrofini hamda mahalla ko'chalarini doimiy ozoda saqlashi, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik madaniyatini shakllantirish bo'yicha tushuntirishlar berildi.

Sanitariya-gigiyena qoidalari: Hududda ekologik muhitni yaxshilash, yuqumli kasalliklarning oldini olishda ozodalik asosiy omil ekanligi ta'kidlandi.

Mahalla obodligi: Hovlilarni tartibga keltirish, ariq va zovurlarni chiqindilardan tozalash ishlarida jamoatchilik nazorati va hamjihatlikning ahamiyati muhokama qilindi.

Deputatlar bevosita xonadonlarga kirib borib, fuqarolar bilan muloqot qilishdi va mahallani namunali, ozoda hududga aylantirish bo'yicha tavsiyalar berish