Barcha yangiliklar
Kuchlik MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 280695
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
02 Noy 2026
11:24

Kuchlik MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Kuchlik MFYda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 14-Kuchlik saylov okrugi deputati N.Nasrullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikova tomonidan Kuchlik mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi a’zolari tomonidan aholi muammolarini aniqlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Asosiy maqsad — xalq bilan muloqotni mustahkamlash, aholi muammolariga o‘z vaqtida yechim topish va mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishdir.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!