
Deputat nazorati: Tojikobod mahallasidagi 20-sonli MTTda yaratilgan sharoitlar va kuz-qishga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Deputatlik nazorati: Mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 2-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputati A. Bakiyev tomonidan "Bohoriston" mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 665-sonli qaroriga asosan "Bohoriston" MFY hududidagi Alisher Navoiy ko‘chasining 600 metr qismiga sifatli asfalt qoplamasi yotqizish jarayoni va bajarilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Deputat A. Bakiyev ushbu MFYdagi ishlar sifatini ko‘zdan kechirib, mas’ullarga ishlarni o‘z vaqtida va belgilangan standartlar asosida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalarni berdi.
Mahallada infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan amaliy ishlar nazoratda davom etmoqda.