Barcha yangiliklar
Kuchlik MFYda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Gallery image 280694
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
02 Noy 2026
11:23

Kuchlik MFYda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Kuchlik MFYda ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 14-Kuchlik saylov okrugi deputati N.Nasrullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan Kuchlik mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan mahallada istiqomat qiluvchi aholiga, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yordamga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati bilan yaqindan tanishildi.

Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish, zarur yordamlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!