Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 280691
Gallery image 280692
Gallery image 280693
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
02 Noy 2026
11:23

Deputat tomonidan maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

Deputat tomonidan maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 14-Kuchlik saylov okrugi deputati N.Nasrullayev, kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan Kuchlik MFY hududida joylashgan 17-umumta’lim maktabining kutubxonasi holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonadagi mavjud adabiyotlar fondi, darsliklar bilan ta’minlanganlik darajasi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish va kutubxona imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yosh avlodni bilimli, ma’naviyatli va kitobxon etib tarbiyalash borasidagi ishlar deputatlik nazoratida davom etadi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!