Barcha yangiliklar





ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
02 Noy 2026
11:22
Maktab sport zalining holati o‘rganildi
Maktab sport zalining holati o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 14-Kuchlik saylov okrugi deputati N.Nasrullayev tomonidan Kuchlik MFY hududida joylashgan 17-umumta’lim maktabining sport zali holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida sport zalining mavjud holati, moddiy-texnik sharoitlari hamda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.
Sport zalidagi mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sport muhitini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!