Barcha yangiliklar
Mahallalarda elektr energiyasi bilan bo'liq masalalar hamda fuqarolar murojaati o‘rganildi
Gallery image 280687
Gallery image 280688
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
02 Noy 2026
11:21

Mahallalarda elektr energiyasi bilan bo'liq masalalar hamda fuqarolar murojaati o‘rganildi

Mahallalarda elektr energiyasi bilan bo'liq masalalar hamda fuqarolar murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi 24-O‘rtasaroy saylov okrugi deputati G.Mirbabayeva tomonidan O‘rtasaroy MFY, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan ko‘chadagi 4 ta eski yog‘och elektr ustunlarini zamonaviy beton ustunlarga almashtirish masalasida amaliy yordam so‘raldi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaat yo‘llash hamda muammoning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish belgilandi.

Mazkur murojaatni ijobiy hal etish maqsadida tuman Elektr ta'minoti bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!