


Kengash faoliyati yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
Kengash faoliyati yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi R.Djumanova tomonidan doimiy komissiya a’zolari, Kengash kotibiyati mudiri hamda kotibiyat xodimlari ishtirokida Kengash faoliyatining joriy holati va kelgusidagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish, doimiy komissiyalar ishini muvofiqlashtirish, deputatlik nazorati tadbirlarini kuchaytirish hamda saylov okruglarida aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.
Sessiyalar va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini belgilangan tartibda tashkil etish, deputatlar tomonidan joylarda olib borilayotgan o‘rganishlar samaradorligini oshirish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish hamda hujjatlar bilan ishlashda mas’uliyatni kuchaytirish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!