









Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 36-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining 36-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, tegishliligi bo'yicha mahalla raisilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan 4 ta masala atroflicha ko‘rib chiqildi:
1-masala: O‘rta Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan 2026-yilning 3-choragi davomida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, omillarni baratarf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurorining axborotini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
2-masala: O‘rta Chirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati hamda jamoat xavfsizligi to‘g‘risida 2026-yilning 3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
3-masala: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘rta Chirchiq tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan tumanda aholi murojaatlari va ularning muammolarini hal etish borasida 2026-yilning 3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida;
4-masala: O‘rta Chirchiq tumanida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda 2027-yil uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash bo‘yicha tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining takliflarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglanib, deputatlar tomonidan muhokama qilindi. Ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!