Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining haftalik iş rejasi e’lon qilindi
Gallery image 280675
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
02 Noy 2026
11:20

Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining haftalik iş rejasi e’lon qilindi

#dayjest #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining haftalik iş rejasi e’lon qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining navbatdagi haftalik iş rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli örganiş işlari, aholi bilan uçraşuvlar hamda muhim taşkiliy tadbirlar izçil davom ettirilmoqda. Uşbu faoliyatlar joylardagi dolzarb masalalarni aniqlaş, ularni manzilli hal etiş hamda deputatlik nazoratini kuçaytirişga qaratilgan.

🗓 2-noyabr, duşanba kuni Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Luiza Hikmatova 9-Qorasaroy okrugida 2026-yilning uçinçi çoragi davomida amalga oşirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovçilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan işlar, ilgari surilgan taşabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: D. Xaşimov

🗓3-noyabr, seşanba kuni Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Mirzağolib Tillyaşayxov 47-Alimkent okrugida 2026-yilning uçinçi çoragi davomida amalga oşirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovçilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan işlar, ilgari surilgan taşabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: J. Ğulomqodirov

🗓 4-noyabr, çorşanba kuni Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Frangiza Akramova 11-Moyqörğon saylov okrugidagi mahallalarda eng muhim 24 ta yönalişi doirasida hududlarda örganiş işlari olib boriladi.
🔍 Mas’ul: S. Irgaşev

🗓5-noyabr, payşanba kuni Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Muxtor Ilhomov 23-Istirohat okrugida 2026-yilning uçinçi çoragi davomida amalga oşirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovçilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan işlar, ilgari surilgan taşabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: D. Ravşanbekov

🗓 6-noyabr, juma kuni Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati Saidmurod Ibragimov 10-Çuqursoy okrugida 2026-yilning uçinçi çoragi davomida amalga oşirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovçilari oldida axborot berib, hisobot davrida bajarilgan işlar, ilgari surilgan taşabbuslar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot beradi.
🔍 Mas’ul: M.Yusupuv

💡 Örganişlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan tegişli taşkilotlarga deputatlik sörovlari yuborilib, ularning ijrosi ustidan qat’iy nazorat örnatiladi. Olingan natijalar tahlil qilinib, kelgusi haftaning ustuvor vazifalari şakllantiriladi.

🔍 Mazkur vazifalarning öz vaqtida va samarali ijrosini ta’minlaş Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

📌 Hududlarda olib borilayotgan tizimli işlar orqali aholining muammolarini hal etiş, oçiq muloqotni ta’minlaş hamda samarali deputatlik faoliyatini yölga qöyişga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengaş