



Fuqarolar murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
Fuqarolar murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati, 24-O‘rtasaroy saylov okrugi vakili G.Mirbabayeva tomonidan A.Yo‘lbarisov MFYning Xo‘jaqishloq ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘chaning 600 metr qismini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarildi. Aholi ushbu yo‘lning ta’mirtalab holatda ekanligini ta’kidlab, yo‘lni asfaltlashtirish orqali fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishda amaliy yordam so‘radi.
Mazkur murojaatni ijobiy hal etish maqsadida tuman Obodonlashtirish bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda aholi manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!