

MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati N.Xaitqulov tomonidan A.Yo‘lbarisov mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi bilan hamkorlikda mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etish, fuqarolar bilan ishlash hamda aholining ijtimoiy muammolariga yechim topish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.
Mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilindi.
Bunday o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, mahalla tizimi faoliyati samaradorligini oshirish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!