Barcha yangiliklar
💡 Uyg‘ur MFY hududidagi ichki ko‘chalar va tungi yoritish holati o‘rganildi
Gallery image 280654
Gallery image 280655
Gallery image 280656
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
02 Noy 2026
11:15

💡 Uyg‘ur MFY hududidagi ichki ko‘chalar va tungi yoritish holati o‘rganildi

💡 Uyg‘ur MFY hududidagi ichki ko‘chalar va tungi yoritish holati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati E.Peysenov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Eshovlar tomonidan Uyg‘ur mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki ko‘chalar holati va ko‘chalarni tungi yoritish tizimi o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida ichki ko‘chalarning holati, aholining erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, ko‘chalarga o‘rnatilgan yoritish chiroqlarining mavjudligi hamda ularning sozligi ko‘zdan kechirildi.

🌙Tungi vaqtlarda piyodalar va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, ko‘chalarning yoritilish darajasini yaxshilash hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!