

TOSHKENT SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI FAOLIYATINI YAXSHILASH BO‘YICHA MUHIM QAROR QABUL QILINDI
#Kengash_Qarori #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
🚌 TOSHKENT SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI FAOLIYATINI YAXSHILASH BO‘YICHA MUHIM QAROR QABUL QILINDI
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasida poytaxtda jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish, tirbandliklarni kamaytirish hamda yo‘lovchilarga qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
📊 Sessiyada Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyevning hisoboti hamda 3 ming nafarga yaqin fuqaro ishtirokida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalari ko‘rib chiqilib, 2026-yil 30-oktabrda VII-28-180-14-0-K/26-son qaror qabul qilindi.
📝 Qarorga muvofiq:
🚍 Tig‘iz vaqtlarda avtobuslar qatnov oralig‘ini 3–5 daqiqagacha qisqartirish bo‘yicha choralar ishlab chiqiladi.
🚌 Yo‘lovchilar oqimi yuqori bo‘lgan 25 ta yo‘nalishga katta sig‘imli avtobuslarni jalb etish choralari ko‘riladi.
🚇 Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnovini tashkil etish va harakat oralig‘ini 2–3 daqiqagacha qisqartirish belgilandi.
📉 20 ta avtobus yo‘nalishida soat 21:00 dan 23:00 gacha kechki qatnovlarni tashkil etish masalasi ko‘rib chiqiladi.
🚦 Jamoat transporti uchun ajratilgan “A” tasmali yo‘laklarda nazorat kuchaytirilib, qoidabuzarliklarni avtomatik qayd etish tizimi takomillashtiriladi.
📁 Avtobus va metroda imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratish, isitish-sovitish tizimlari hamda elektron to‘lov xizmatlari faoliyatini yaxshilash choralari ko‘riladi.
☑ Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlar 25-dekabrga qadar Kengashga axborot taqdim etadi.
🔎 Mazkur qaror ijrosi Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasi deputatlik nazoratida bo‘ladi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash