



🏥 103-tez tibbiy yordam ko‘rsatish binosining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
🏥 103-tez tibbiy yordam ko‘rsatish binosining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati E.Peysenov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan tumandagi 103-tez tibbiy yordam ko‘rsatish binosining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida binoning isitish tizimi, deraza va eshiklarning holati, elektr ta’minoti, ichki xonalarning mavsumga tayyorgarligi hamda tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
❄️ Sovuq kunlarda muassasa faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, xonalarda me’yoriy haroratni saqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!