



🚑 Aholiga o'z vaqtida sifatli tibbiy yordamko'rsatish holati o‘rganildi
🚑 Aholiga o'z vaqtida sifatli tibbiy yordamko'rsatish holati o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati E.Peysenov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan tumandagi 103-tez tibbiy yordam xizmati faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida tez tibbiy yordam xizmatining ish faoliyati, aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlari, chaqiruvlarni qabul qilish va ularga o‘z vaqtida yetib borish masalalariga e’tibor qaratildi.
🏥 Xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, mavjud sharoitlar, tibbiy xodimlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ko‘zdan kechirildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!