Barcha yangiliklar
“OBOD MAHALLA” DASTURI: BUNYODKORLIK IŞLARI SIFATI VA AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT NAZORATIDA
Gallery image 280596
Gallery image 280597
Gallery image 280598
Gallery image 280599
Gallery image 280600
Gallery image 280601
Gallery image 280602
Gallery image 280603
Gallery image 280604
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
30 Okt 2026
10:46

“OBOD MAHALLA” DASTURI: BUNYODKORLIK IŞLARI SIFATI VA AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT NAZORATIDA

 “OBOD MAHALLA” DASTURI: BUNYODKORLIK IŞLARI SIFATI VA AHOLI MUROJAATLARI DEPUTAT NAZORATIDA

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengaşi raisi Şaxnoza Umarxodjayeva tomonidan tumandagi “Ğalaba” mahallasida “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oşirilayotgan obodonlaştiriş va infratuzilmani yaxşilaş işlari joyiga çiqqan holda örganildi.

🤝 Örganiş jarayonida “Ğalaba” MFY boşqaruv servis kompaniyasi mas’uli M. Eşmetova, Yunusova köçasi, 2-B-uy boşisi B. Mamadaliyev hamda mahalla faollari iştirok etdi.

🔎 Jarayonda mahalla hududida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, bolalar öyin maydonçalari, yaşil hududlarning holati va ularni suğoriş tizimiga alohida e’tibor qaratildi.

🌳 Şuningdek, kökalamzorlaştirilayotgan hududlarni saqlaş va obodonlaştiriş işlarining davomiyligini ta’minlaş masalalari ham körib çiqildi. BSK mas’ulining ma’lum qilişiça, yangi yaşil hududlarda töliq suğoriş tizimini yölga qöyiş rejalaştirilgan.

🌱 Mahalla boğida turli mevali daraxtlar, kökatlar va xuşböy gullar ekilgani, yetiştirilayotgan hosildan aholi foydalanişi közda tutilgani ta’kidlandi. Bu kabi hududlarni asrab-avaylaş, yaşil maydonlarni saqlaş va ulardan samarali foydalaniş muhimligi qayd etildi.

📍 Mazkur örganiş “Obod mahalla” dasturi doirasidagi işlarning sifati, yaratilayotgan şart-şaroitlar hamda aholi manfaatlariga daxldor masalalarni deputatlik nazorati asosida örganişga qaratildi.