Barcha yangiliklar
Deputat nazorati: Tojikobod mahallasidagi 26-sonli MTT oshxonasi faoliyati o'rganildi
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
28 Okt 2026
10:43

Deputat nazorati: Tojikobod mahallasidagi 26-sonli MTT oshxonasi faoliyati o'rganildi

Deputat nazorati: Tojikobod mahallasidagi 26-sonli MTT oshxonasi faoliyati o'rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 9-"Xatib qahramon" saylov okrugidan saylangan deputati T.Ashurova Tojikobod mahallasida joylashgan 26-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib, muassasaning kundalik faoliyati, xususan, jajji bolajonlarga yaratilayotgan ovqatlanish sharoitlarini yaqindan ko'zdan kechirdi.

Deputat jarayon davomida oshpazlar bilan suhbatlashib, bolalarga tayyorlanayotgan taomlarning kaloriyasi, sifati va ularning o'z vaqtida, issiq holda berilishiga alohida e'tibor qaratish lozimligini ta'kidladi. Shuningdek, mas'ullarga oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda sanitariya qoidalariga qat'iy amal qilish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.