Barcha yangiliklar
MAHALLA YETTILIGI BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR O‘RGANILDI, TAKLIFLAR TINGLANDI
Gallery image 280580
Gallery image 280581
Gallery image 280582
Gallery image 280583
Gallery image 280584
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
30 Okt 2026
10:40

MAHALLA YETTILIGI BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR O‘RGANILDI, TAKLIFLAR TINGLANDI

MAHALLA YETTILIGI BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR O‘RGANILDI, TAKLIFLAR TINGLANDI

Xalq bilan muloqot qilish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev hamda Kengash deputati B. Xalilov 2-sonli “Barkamol avlod” saylov okrugi hududidagi “Guzar” va “Yakkatut” mahallalariga tashrif buyurib, mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashdilar.

Muloqot davomida mahallalardagi mavjud holat, aholini qiynayotgan masalalar, ijtimoiy muammolar hamda hududlarni obodonlashtirish borasidagi takliflar muhokama qilindi.

Mahalla yettiligi vakillarining fikr va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etishda hamkorlikda ish olib borish, zarur hollarda tegishli tashkilot va idoralarga murojaat qilish yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatining 24-yo‘nalishi — sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni, qoida tariqasida, joyiga chiqqan holda o‘rganish tavsiyasi asosida amalga oshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratildi.

Maqsad — aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga amaliy ko‘maklashish.