Barcha yangiliklar
🔰Xalq bilan yuzma-yuz.
Gallery image 280565
Gallery image 280566
Gallery image 280567
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
02 Noy 2026
10:39

🔰Xalq bilan yuzma-yuz.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi M.Imomov 15-“Xalqobod” saylov okrugiga qarashli “Xalqobod” MFYda istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Mazkur tadbir aholining real muammolarini tinglash va ularni joyida tezkor hal etish maqsadida tashkil etildi.

🔸Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan qabul davomida fuqarolar tomonidan hududni rivojlantirishga oid qator dolzarb masalalar o‘rtaga tashlandi. Xususan, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ichki yo‘llarni taʼmirlash va asfalt yotqizish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish hamda kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish kabi murojaatlar uchrashuvning bosh mavzusiga aylandi.

🔸Shahar Kengashi raisi ko‘tarilgan muammolarning aksariyatini joyida hal etdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq muddatli topshiriqlar berildi va ularning ijrosi Kengash nazoratiga olindi.