Barcha yangiliklar
MINGBULOQ TUMANI “QIZILQUM” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
Gallery image 280558
Gallery image 280559
Gallery image 280560
Gallery image 280561
Gallery image 280562
Gallery image 280563
Gallery image 280564
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
30 Okt 2026
10:39

MINGBULOQ TUMANI “QIZILQUM” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

MINGBULOQ TUMANI “QIZILQUM” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Narimon Dehqonov tomonidan Mingbuloq tumani “Qizilqum” mahallasida hududdagi mavjud holat va aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi turmush sharoiti hamda mavjud muammolar bilan tanishildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot davomida ularning fikr-mulohazalari va takliflariga e’tibor qaratildi.

Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 24-yo‘nalishi — sessiyaga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish tamoyili asosida hududdagi holat bilan tanishildi.

Qonunchilik targ‘iboti

O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-son “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati o‘rganildi.