




MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI ÖRGANILDI
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI ÖRGANILDI
Mahalliy Kengaş deputati faoliyatining eng muhim yönalişlari böyiça tavsiyalar ijrosi doirasida Xalq deputatlari Termiz tuman Kengaşi 7-Qahramon saylov okrugi deputati S. Xakimov saylangan Qahramon MFYda Kengaş kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati örganildi.
Örganiş davomida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan işlaş, ehtiyojmand oilalarni aniqlaş, yolğiz keksalar, nogironligi bölgan şaxslar hamda ijtimoiy kömakka muhtoj fuqarolarga körsatilayotgan xizmatlar holati közdan keçirildi.
Şuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan işlaş, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini öz vaqtida aniqlaş, zarur xizmatlarni manzilli taşkil etiş va kömakka muhtoj oilalarni qöllab-quvvatlaş borasidagi işlar tahlil qilindi.
Örganiş yakunida ijtimoiy xodim faoliyatini yanada takomillaştiriş, har bir fuqaro bilan individual işlaş, ijtimoiy xizmatlar qamrovini kengaytiriş hamda ehtiyojmand oilalarni doimiy qöllab-quvvatlaş yuzasidan tegişli tavsiya va takliflar bildirildi.