




Mahalla yettiligi faoliyati deputatlar e’tiborida!
Mahalla yettiligi faoliyati deputatlar e’tiborida!
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati L. Hikmatova hamda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Adolat partiyasi Olmazor tuman Kengash raisi U.Fayziyeva ishtirokida Olmazor tumani Chiltog‘on mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mahalla yettiligi a’zolarining kundalik faoliyati, aholi muammolarini aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar bilan ishlash samaradorligi hamda mahallada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mahalla yettiligi faoliyatida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, deputatlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.