









MINGBULOQ TUMANI “MEHNATOBOD” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
MINGBULOQ TUMANI “MEHNATOBOD” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Narimon Dehqonov tomonidan Mingbuloq tumani “Mehnatobod” mahallasida hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati va aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalladagi mavjud sharoitlar, infratuzilma holati, aholi turmush darajasi hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mahalla faollari va aholi vakillari bilan muloqot qilinib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishi
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 24-yo‘nalishi — sessiyaga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish tamoyili asosida hududdagi holat bilan tanishildi.
Qonunchilik targ‘iboti
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-son “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, mahalliy Kengash deputatlarining vakolatlari va hududlar manfaatlarini ifodalashga oid normalari o‘rganildi