




IÇKI YÖLLARNI ASFALTLAŞ IŞLARI JOYIGA ÇIQIB ÖRGANILDI
IÇKI YÖLLARNI ASFALTLAŞ IŞLARI JOYIGA ÇIQIB ÖRGANILDI
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, Termiz tumanidagi içki yöllarni saqlaş va joriy ta’mirlaş böyiça 2026-yil ikkinçi yarim yilligi uçun manzilli röyxat tasdiqlangan.
Mazkur röyxatga asosan, Termiz tumani “Quyoşli yurt” MFY hududidagi Boğ yölining 1 440 metr qismini asfaltlaş işlari belgilangan.
Uşbu vazifalar ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengaşi 15-Yangiariq saylov okrugi deputati G. Turdiyeva hamda tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi mas’ullari iştirokida joyiga çiqqan holda örganiş olib borildi.
Örganiş davomida amalga oşirilgan asfaltlaş işlarining sifati, yöl qoplamasining holati, bajarilgan işlar hajmi hamda belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi közdan keçirildi.
Şuningdek, mazkur yölning ta’mirlanişi natijasida aholi uçun yaratilayotgan qulayliklar, transport vositalarining xavfsiz va erkin harakatlanişini ta’minlaş masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Mas’ullar tomonidan işlarning belgilangan reja asosida bajarilgani qayd etilib, yöl qoplamasi sifati yuzasidan tegişli xulosalar bildirildi. Mazkur yönalişdagi işlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.