






Xalq bilan muloqot — muammolarga amaliy yechim sari muhim qadam!
Xalq bilan muloqot — muammolarga amaliy yechim sari muhim qadam!
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati M. Yaxshiyev tomonidan Olmazor tumani Yangi Sebzor mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot shaklida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida mahalla aholisi bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar, ijtimoiy-maishiy masalalar, bandlik, moddiy va ijtimoiy ko‘mak, uy-joy kommunal xizmatlari hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilashga oid murojaatlar tinglandi.
Deputat tomonidan har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, ko‘tarilgan masalalarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. O‘z vakolati doirasida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish hamda mas’ul tashkilotlar aralashuvini talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tartibda ish olib borish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish va ularning ijrosini nazoratga olish masalalari belgilab olindi.
Bunday uchrashuv va qabullar deputat bilan aholi o‘rtasidagi bevosita muloqotni mustahkamlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mahallalarda mavjud muammolarni joyida aniqlash va hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.