Barcha yangiliklar
Kotibiyat va Yoshlar maslahat guruhi hamkorligida 35-sonli MTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
27 Okt 2026
10:22

Kotibiyat va Yoshlar maslahat guruhi hamkorligida 35-sonli MTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Kotibiyat va Yoshlar maslahat guruhi hamkorligida 35-sonli MTTning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani kengashining haftalik ish rejasiga muvofiq, 18-Oqostona saylov okrugi hududidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda mavjud shart-sharoitlari atroflichta o‘rganib chiqildi.

Ushbu o‘rganish ishlarini Xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi G.Nurboboyeva hamkorlikda olib bordilar.

O‘rganish davomida muassasaning isitish tizimi, issiqlik manbalari zaxirasi, xonalarning harorat rejimi va bolajonlar uchun yaratilgan qulayliklar yaqindan ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini bexatar o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.