Barcha yangiliklar
YOSHLAR IQTIDORI DEPUTAT S.RAJABOVA E’TIBORIDA: UZUN TUMANIDA “ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI” TANLOVI BOʻLIB OʻTDI
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
27 Okt 2026
10:20

YOSHLAR IQTIDORI DEPUTAT S.RAJABOVA E’TIBORIDA: UZUN TUMANIDA “ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI” TANLOVI BOʻLIB OʻTDI

YOSHLAR IQTIDORI DEPUTAT S.RAJABOVA E’TIBORIDA: UZUN TUMANIDA “ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI” TANLOVI BOʻLIB OʻTDI

Uzun tumanida yosh qizlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish va ularni harataraflama qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Zulfiyaxonim izdoshi” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ushbu nufuzli tanlovda Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati S. Rajabova juri a’zosi sifatida qatnashib, yosh iste’dodlarning ijodiy chiqishlarini munosib baholadi.

Ishtirokchilar oʻz bilim va salohiyati, ijodiy mahorati va sahna madaniyati bilan ajralib turishdi. Shoira Zulfiya merosini targʻib etishga qaratilgan ushbu tadbir yoshlar qalbida adabiyotga va milliy qadriyatlarga boʻlgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qildi. Deputat S. Rajabova tanlov yakunida barcha iqtidorli qizlarga samimiy tilaklarini bildirib, kelgusi bosqichlarda zafarlar tiladi.