Barcha yangiliklar
Maktabda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko'zdan kechirildi!
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
26 Okt 2026
10:14

Maktabda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko'zdan kechirildi!

🇺🇿 Maktabda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko'zdan kechirildi!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengaşining 23-Fayzobod saylov okrugi hududidagi Xursand MFYda joylaşgan 31-sonli umumta'lim maktabida ta'lim muassasasining kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi.

Órganiş jarayonida xalq deputatlari Uzun tumani Kengaşining doimiy komissiya raislari A.Kamolov, S.Rajabova hamda Keñaş a'zolari U.Aliqulov va D.Yodgorovalar iştirok etişdi.

Jarayon davomida maktabning qish mavsumiga tayyorgarligi har tomonlama kórib chiqildi:
Isitiş tizimlari va qozonxonalarning ishlaydiş holati;
Sinfxonalarning issiqlik ta'minoti hamda deraza-romlarning zichligi;
Zarur yoqilǵi zaxiralarining yetarlicha yaratilişi;
Óquvchi va pedagoglar uchun qulay sanitariya-gigiyena shart-sharoitlarini ta'minlaş choralari.

O'rganish yakunlari bo'yicha mas'ullarga mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish, qish mavsumini betalofat va issiq sinfxonalarda o'tkazish yuzasidan aniq tavsiya va vazifalar belgilandi. Óquvchilarimiz uchun har tomonlama qulay muhit yaratish doimiy diqqatimizda bo'ladi!