Barcha yangiliklar
Ta'lim sifatini ta'minlaş va qonun ijrosini órganiş işlari davom etmoqda!
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
26 Okt 2026
10:14

Ta'lim sifatini ta'minlaş va qonun ijrosini órganiş işlari davom etmoqda!

 Ta'lim sifatini ta'minlaş va qonun ijrosini órganiş işlari davom etmoqda!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengaşining 23-Fayzobod saylov okrugi hududidagi Xursand MFYda joylaşgan 31-sonli umumta'lim maktabida muhim órganiş işlari olib borildi.

Órganiş jarayonida xalq deputatlari Uzun tumani Kengaşining doimiy komissiya raislari A.Kamolov, S.Rajabova hamda a'zolari U.Aliqulov va D.Yodgorovalar iştirok etiçdi.

Nimalar órganildi? Uçraşuv va muloqotlar davomida Ózbekiston Respublikasining "Ta'lim tóǵrisida"gi ÓRQ-637-sonli Qonunining (2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan) ta'lim muassasasida ijro etiç holati yaqindan kózdan keçirildi:
Óquv xonalari va sinflardagi şaroitlar;
Zamonaviy dars jarayonlarining taşkil etiliş darajasi;
Pedagoglar va óquvçilar uçun yaratilgan qulayliklar;
Qonun talablarining amaliyotda tólaqonli bajarilişi.

Xulosa va vazifalar: Órganiş yakunlari bóyicha maktab jamoasiga tegişli tavsiyalar berilib, ta'lim sifatini yanada oşiriş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş yuzasidan mas'ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Yoş avlodga sifatli ta'lim-tarbiya beriç yólidagi islohotlar